NUR

Qonunlar 8

1Bugun men sizlarga berayotgan amrlarni bitta qoldirmay bajaringlar, shunda yashaysizlar, ko‘payasizlar. Egamiz ota–bobolaringizga qasam ichib, beraman, deb va’da qilgan yurtga kirasizlar. O‘sha yurtni mulk qilib olasizlar.

2Egangiz Xudo qirq yil davomida sizni sahrodan olib yurdi, o‘sha uzoq safarni yodingizda tutinglar. Egamiz yuragingizda nima borligini, Uning amrlarini bajarishingizni yoki bajarmasligingizni bilishi uchun, sizlarni qiyinchiliklarga duchor qilib, sinadi.

3U sizlarni och qoldirdi, so‘ng o‘zlaringiz ko‘rmagan, ota–bobolaringiz ham ko‘rmagan manna bilan qorningizni to‘ydirdi. Egamiz sizlarga inson faqat non bilan emas, balki Xudoning og‘zidan chiqqan har bir so‘z bilan hayot ekanini o‘rgatish uchun shunday qildi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →