NUR
Qonunlar 6
1Egangiz Xudo, xalqqa o‘rgatgin, deb menga bergan amrlar, farmonlar va qonun–qoidalar shulardan iboratdir. Iordanni kechib o‘tib, mulk qilib oladigan yurtda bularga rioya qilinglar.
2Men sizlarga beradigan farmon va amrlarga o‘zlaringiz, farzandlaringiz va nabiralaringiz, hammangiz rioya qilinglar. Bir umr Egangiz Xudodan qo‘rqinglar, shunda umringiz uzoq bo‘ladi.
3Ey Isroil xalqi, quloq soling, bularni bitta qoldirmay bajaring. Shunda ota–bobolaringizning Xudosi — Egamiz bergan va’daga ko‘ra, sut va asal oqib yotgan yurtda ko‘payasizlar, baxtiyor bo‘lasizlar.