NUR

Qonunlar 19

1Egangiz Xudo sizlarga beradigan yurtning xalqlarini yo‘q qilganda, sizlar o‘sha yurtni mulk qilasizlar, shaharlariga, uylariga joylashasizlar.

2O‘shanda yurtni uch qismga bo‘linglar. Har bir qismida bittadan panoh shahar ajratinglar. O‘sha shaharlarga boradigan yo‘llar quringlar, toki qotil o‘sha shaharlarning biriga qochib bora olsin.

3Birovni adovatsiz, bilmasdan o‘ldirib qo‘ygan odam o‘sha shaharlarning biriga qochib, tirik qoladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →