NUR
Doniyor 2
1Navuxadnazar hukmronligining ikkinchi yilida bir tush ko‘rdi. Tushi uni shu qadar bezovta qilib yubordiki, ko‘ziga boshqa uyqu kelmadi.
2Shoh tushining ta’birini bilish uchun qo‘li ostidagi barcha folbin, munajjim, sehrgar va afsungarlarni chaqirtirdi. Ular shoh huzurida hozir bo‘lganlarida,
3shoh ularga shunday dedi: — Men g‘alati bir tush ko‘rdim. Yuragimga g‘ulg‘ula solgan bu tushning ta’birini bilmoqchiman.