NUR

Amos 4

1Ey Samariya ayollari, eshiting! Sizlar Bashandagi bo‘rdoqi sigirlarday semirib ketgansiz, Kambag‘allarga jabr qilasiz, yo‘qsilni ezasiz, Erlaringizdan ichkilik talab qilasiz.

2Egamiz Rabbiy O‘z muqaddas nomi haqi ont ichib demoqda: “Shunday kunlar keladiki, Sizlarni ilmoqlar bilan sudrab ketishadi, Orqada qolganlaringizni qarmoqlar bilan tortib ketishadi.

3Har biringiz to‘ppa–to‘g‘ri devordagi teshiklardan chiqib ketasizlar. Sizlarni Xarmonga uloqtirishadi, — deb aytmoqda Egamiz. —

Nur ilovasida to'liq o'qish →