NUR
Amos 2
1Egamiz shunday demoqda: “ Mo‘ab xalqi gunoh ustiga gunoh qildi! Men ularni jazosiz qoldirmayman. Axir, ular Edom shohining qabrini bulg‘adilar, Suyaklarini yondirib ohak qildilar.
2Shunday ekan, Men Mo‘ab ustiga olov yog‘diraman, Olov Xariyo‘t qal’alarini kuydirib tashlaydi. Shovqin–suron ostida, bosqinchilarning hayqiriqlariyu, Burg‘u sadolari ostida Mo‘ab xalqi halok bo‘ladi.
3Men Mo‘ab hukmdorini yo‘q qilaman, U bilan birga mulozimlarini qirib tashlayman.” Egamizning kalomi shudir.