NUR

Amos 1

1Ushbu kitobda taxuvalik cho‘ponlardan biri bo‘lgan Amosning so‘zlari bayon etilgan. Isroil to‘g‘risidagi bu so‘zlar Amosga zilziladan ikki yil avval vahiy orqali ayon bo‘lgan edi. O‘sha davrda Yahudo yurtida shoh Uzziyo, Isroil yurtida esa Yo‘sh o‘g‘li shoh Yoribom hukmronlik qilayotgan edilar.

2Amos shunday dedi: “ Egamiz Siondan turib o‘kiradi, Quddusdan gulduros ovozi yangraydi! Cho‘ponlarning yaylovlari qurib qoladi, Karmil cho‘qqisidagi o‘tlar xazon bo‘ladi.”

3Egamiz shunday demoqda: “Damashq aholisi gunoh ustiga gunoh qildi! Men ularni jazosiz qoldirmayman, Axir, ular Gilad aholisini temir tishli xo‘ptir bilan yanchidi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →