NUR
2 Timo'tiyga 2
1Timo‘tiy o‘g‘lim, bardam bo‘l. Buning uchun Iso Masih orqali ko‘rsatilgan Xudoning inoyatiga tayangin.
2Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni eshitgansan. Endi bu ta’limotni boshqalarga ham o‘rgatishga qobiliyati bor, ishonchli odamlarga topshirgin.
3Iso Masihning yaxshi bir askari kabi men bilan birga azob chekishga tayyor turgin.