NUR
2 Shohlar 6
1Dovud Isroil lashkaridan yana o‘ttiz ming saralangan odamlarini to‘pladi.
2Dovud o‘z odamlari bilan Yahudodagi Baalo shahriga jo‘nadi. Uning maqsadi Xudo — ikki karub orasida taxt qurgan Sarvari Olamning sandig‘ini olib kelish edi.
3Xudoning sandig‘i Abunadovning tepalikdagi uyida edi. Sandiqni yangi arava ustiga ortishdi. Abunadovning o‘g‘illari Uzzox bilan Oxyo aravani haydab ketishdi.