NUR
2 Shohlar 20
1O‘sha paytda Benyamin qabilasidan Sheba degan yaramas bir odam shu yerda — Gilgalda edi. U Bixri deganning o‘g‘li edi. Sheba burg‘u chalib, shunday xitob qildi: “Essay o‘g‘li Dovudning bizga o‘tkazib qo‘ygan joyi yo‘q, Bizning ham undan qarzimiz yo‘q! Ey, Isroil erlari, hamma o‘z uyiga qaytsin!”
2Shundan keyin jamiki Isroil odamlari Dovudni tark etib, Shebaga ergashib, ketib qolishdi. Yahudo xalqi esa o‘zlarining shohiga sodiq qolib, Iordan daryosidan Quddusgacha unga hamroh bo‘lishdi.
3Shoh Dovud Quddusdagi saroyiga yetib borgach, saroyga qarab turinglar, deb qoldirib ketgan o‘nta kanizagini alohida uyda saqlashni buyurdi. Dovud ularni boqdi, lekin birortasi bilan birga bo‘lmadi. Kanizaklar esa umrlarining oxirigacha nazorat ostida, beva xotinlar kabi yashadilar.