NUR
2 Shohlar 18
1Dovud yonida yurgan odamlarini bir joyga to‘plab, ular ustidan mingboshilar, yuzboshilar tayinladi.
2So‘ng ularni Yo‘ab, uning akasi Abushay va Gatlik Etxayning nazorati ostida uch qismga bo‘lib jo‘natdi. Shoh odamlariga: — Men ham sizlar bilan birga boraman, — degan edi,
3ular: — Biz bilan bormang, — deyishdi. — Bordi–yu, qochishimizga to‘g‘ri kelib qolsa, g‘animlarimiz biz bilan qiziqmaydi. Yarmimiz o‘lib ketganimizda ham e’tibor berishmaydi. Siz bizning o‘n mingtamizga arziysiz. Siz bizga shahardan turib yordam bering, bizga shunisi yaxshi.