NUR

2 Shohlar 15

1Absalom o‘zi uchun bitta jang aravasi, otlar va ellikta qo‘riqchini tayyorlab qo‘ydi.

2U ertalab turib, shahar darvozasiga boradigan yo‘l bo‘yida turadigan bo‘ldi. Janjalli ish bilan shoh huzuriga arz qilib kelayotgan har bir odamni Absalom to‘xtatib: — Qayerliksan? — deb so‘rardi. O‘sha odam: “ Isroilning falon qabilasidanman”, deb javob berardi.

3Absalom esa unga: — Qara, da’volaring to‘g‘ri, sen haqsan. Lekin sening gapingga quloq soladigan, shoh tayinlagan biror vakil yo‘q, — derdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →