NUR
2 Butrus 3
1Ey azizlarim, bu mening sizlarga yozayotgan ikkinchi maktubimdir. Ikkala maktubimda ham sizlarda pok fikr uyg‘otishga harakat qilib, o‘rganganlaringizni yodingizga solmoqchi bo‘ldim.
2Xususan, Muqaddas payg‘ambarlarning o‘tmishda aytgan so‘zlarini, shuningdek, Rabbimiz va Najotkorimiz Isoning amrlarini eslashingizni istadim. Rabbimiz Iso bu amrlarni oldingizga borgan havoriylar orqali bergan.
3Avvalo shuni bilinglar: oxirgi kunlarda shunday mazaxchilar bo‘ladiki, ular chirkin ehtiroslariga berilib yashaydilar. Sizlarni mazax qilib,