NUR

2 Butrus 2

1Isroil xalqi orasida soxta payg‘ambarlar bo‘lgani kabi, sizlarning orangizda ham soxta ustozlar bo‘ladi. Ular nayrang ishlatib, orangizda halokatli bid’atlar tarqatadilar. Hatto jonlarini sotib olgan Xo‘jayinini ham rad etib, bu bilan o‘zlarini kulfatga muqarrar yo‘liqtiradilar.

2Ko‘p odamlar ularga taqlid qilib, axloqsiz hayot kechiradilar. Ularning dastidan imonsizlar haqiqat yo‘lini yomonlaydilar.

3Bu tamagir ustozlar to‘qib chiqargan gaplari bilan sizlarni yo‘ldan ozdiradilar, so‘ng pulingizni shilib oladilar. Ammo Xudo bunday odamlarni ancha oldin o‘limga mahkum qilib qo‘ygan. U mudramaydi, ularning halokatini kechiktirmaydi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →