NUR
4 Shohlar 9
1Payg‘ambar Elishay payg‘ambarlar guruhidan bittasini chaqirib, unga dedi: — Qani, bo‘l, qo‘lingga anavi moy solingan idishni ol, Giladdagi Ramo‘tga bor.
2U yerga borganingdan keyin, Yohuni qidirib top. Nimshi deganning nabirasi Yohu Yahoshafat degan odamning o‘g‘lidir. Uni o‘rtoqlari orasidan chaqirib chiqib, boshqa xonaga olib kir.
3So‘ngra moy solingan idishni ol. Yohuning boshiga moyni surtgin–da, shunday degin: “ Egamiz shunday aytmoqda: senga moy surtib, Isroil ustidan shoh qilib tanladim.” Keyin eshikni ochgin–u, kutmasdan qoch.