NUR
4 Shohlar 16
1Isroil shohi Pekax hukmronlik qilayotganiga o‘n yetti yil bo‘lganda, Oxoz Yahudo shohi bo‘ldi. Oxoz Yo‘tomning o‘g‘li edi.
2Oxoz yigirma yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n olti yil hukmdorlik qildi. U bobosi Dovuddan namuna olmadi, Egasi Xudo oldida to‘g‘ri ishlar qilmay,
3Isroil shohlarining yo‘lidan ketdi. Kan’on yurtidan Egamiz quvgan qavmlarning jirkanch odatlariga taqlid qilib, hatto o‘z o‘g‘lini olovda kuydirib qurbonlik qildi.