NUR

4 Shohlar 1

1Isroil shohi Axabning vafotidan keyin, Mo‘ab yurti Isroilga qarshi isyon ko‘tardi.

2Isroil shohi Oxaziyo Samariya shahridagi saroyining tomi panjarasidan yiqilib, qattiq shikastlandi. So‘ng choparlariga: “Filistlarning Exron shahridagi xudosi Baal –Zabub yoniga borib, undan so‘ranglar–chi, men sog‘ayarmikanman”, deb ularni jo‘natdi.

3Shunda Tishba shahridan bo‘lgan payg‘ambar Ilyosga Egamizning farishtasi gapirdi: — Qani, bo‘l, Samariya shohi yuborgan choparlarga peshvoz chiqib, ularga shu gaplarni yetkaz: “Nima uchun sizlar Exron shahrining xudosi Baal–Zabubdan, shoh sog‘ayarmikan, deb so‘rab bilish uchun kelyapsizlar?! Isroilda Xudo yo‘q deb o‘ylayapsizlarmi?!

Nur ilovasida to'liq o'qish →