NUR
2 Yuhanno 1
1Xudo tanlab olgan aziz xonim va uning bolalariga men — oqsoqoldan salom! Men sizlarni chin dildan yaxshi ko‘raman, mengina emas, haqiqatni bilib olganlarning hammasi sizlarni yaxshi ko‘radi.
2Bu sevgiga dilimizdan joy olgan va to abad biz bilan bo‘ladigan haqiqat asos bo‘ldi.
3Biz haqiqat va sevgi bo‘yicha yashar ekanmiz, Otamiz Xudo va Otamizning O‘g‘li — Iso Masih beradigan inoyat, marhamat va tinchlik doim bizga yor bo‘ladi.