NUR
2 Solnomalar 7
1Sulaymon ibodat qilib bo‘lishi bilanoq, osmondan alanga tushib, kuydiriladigan va boshqa qurbonliklarni yamlab yubordi. Egamizning ulug‘vorligi Ma’badni to‘ldirdi.
2Shuning uchun ruhoniylar Egamizning uyiga kira olmadilar.
3Jamiki Isroil xalqi olov tushganini va Egamizning ulug‘vorligi Ma’badni to‘ldirganini ko‘rgach, hammalari yerga muk tushib, ta’zim qildilar va Egamizga sajda qilib, Unga shukrona aytdilar: “Egamiz yaxshidir, Uning sodiq sevgisi abadiydir.”