NUR
2 Solnomalar 31
1Bayram tugagandan keyin, o‘sha yerdagi butun xaloyiq Yahudo, Benyamin, Efrayim va Manashe hududidagi shaharlarga borib, butsimon toshlarni parchalab tashladilar, Asheraning ustunlarini kesdilar, cajdagohlar va qurbongohlarni vayron qildilar. Bittasini ham qoldirmadilar. Shundan keyin hammasi o‘z shaharlariga, o‘zlarining mulkiga qaytdilar.
2Hizqiyo ruhoniylarni va levilarni guruhlarga bo‘ldi. Har bir guruhga quyidagi vazifalarini taqsimlab berdi: Egamizning Ma’badi hovlisida quydiriladigan qurbonliklarni va tinchlik qurbonliklarini nazr qilish, u yerda xizmat qilib, hamdu sano va madhiyalar aytish.
3Egamizning qonuniga ko‘ra, har kuni ertalab va kechqurun, Shabbat kunlari, yangi oy shodiyonalari va tayinlangan bayram kunlari kuydiriladigan qurbonliklar keltirilishi lozim edi. Shoh Hizqiyo o‘zining shaxsiy mulkidan bu qurbonliklar uchun hayvonlarni berdi.