NUR
2 Solnomalar 26
1Shundan keyin Yahudo xalqi o‘n olti yoshli Uzziyoni otasi Emoziyoning o‘rniga shoh qildi.
2Emoziyoning vafotidan so‘ng, Uzziyo ilgarilari Yahudoga qarashli bo‘lgan Elet shahrini qo‘lga kiritib, qaytadan qurdi.
3Uzziyo shoh bo‘lganda, o‘n olti yoshda edi. U Quddusda ellik ikki yil hukmdorlik qildi. Onasi Qudduslik bo‘lib, ismi Yoxoliyo edi.