NUR
2 Solnomalar 14
1Abiyo olamdan o‘tdi. Uni Dovud qal’asida ota–bobolari yoniga dafn qildilar, uning o‘rniga o‘g‘li Oso shoh bo‘ldi. Uning hukmronligi davrida yurtda o‘n yil tinchlik, osoyishtalik bo‘ldi.
2Oso Egasi Xudoning oldida yaxshi va to‘g‘ri ishlar qildi.
3U begona xudolarga atalgan qurbongohlarni va sajdagohlarni yo‘qotdi, butsimon toshlarni parchalab tashladi, Asheraning ustunlarini kesdi.