NUR
2 Solnomalar 11
1Raxabom Quddusga kelib, Yahudo va Benyamin qabilalaridan 180.000 odamni sipohlikka tanlab oldi. “Shohlikni qaytarib olaman”, degan maqsadda ularni Isroil xalqiga qarshi jang qilish uchun tayyorladi.
2Lekin o‘shanda payg‘ambar Shamayoga Egamizning quyidagi so‘zlari ayon bo‘ldi:
3— Sulaymonning o‘g‘li, Yahudo shohi Raxabomga hamda Yahudo va Benyamin hududlarida istiqomat qilayotgan butun Isroil xalqiga shu gaplarni yetkaz: