NUR
1 Shohlar 7
1Shundan keyin Xirat–Yorim aholisi borib, Egamizning sandig‘ini oldi. Uni Abunadovning tepalikdagi uyiga olib kelishdi. Egamizning sandig‘ini avaylab saqlasin, deb Abunadovning o‘g‘li Elazarni shu vazifaga tayinlab, poklashdi.
2Sandiq uzoq vaqt — yigirma yilcha Xirat–Yorimda qolib ketdi. Bu orada butun Isroil xalqi Egamizga talpindi.
3Shomuil jamiki Isroil xalqiga dedi: — Agar chin dildan Egamizga qaytmoqchi bo‘lsangiz, hamma begona xudolarni va Ashtaret tasvirlarini orangizdan yo‘qoting. Ko‘nglingizni Egamizga berib, yolg‘iz Unga xizmat qiling. Ana shunda Egamiz sizlarni Filistlarning qo‘lidan qutqaradi.