NUR
1 Shohlar 21
1Dovud Nav shahridagi ruhoniy Oximalekning huzuriga bordi. Oximalek Dovudni kutib olarkan: — Nimaga yolg‘izsan? Nega yoningda hech kim yo‘q? — deb qo‘rquv ichra so‘radi.
2— Shoh menga bir topshiriq berdi, — dedi Dovud. — Senga bergan topshirig‘imni hech kim bilmasin, dedi. Shuning uchun odamlarimga, falon joyga borib turinglar, deb tayinlab keldim.
3Hozir yeyishga biror narsangiz bormi? Menga beshta non, yoki qo‘lingizga nima ilinsa, bering.