NUR

1 Shohlar 2

1Xanna shunday ibodat qildi: “ Egam tufayli ko‘nglim tog‘day ko‘tarildi, Quvvatimni oshirgan O‘shadir. Dushmanlarim oldida maqtanurman, Najot berganing–chun sevinurman.

2Egam — tanho va haqiqiy Xudo, Ha, Sendan boshqasi yo‘q, ey, Egam. Xudoyimizday qoya yo‘qdir.

3Ortiq manmanlikka berilmang og‘iz ko‘pirtirib, Og‘zingizdan kibrli so‘zlar chiqmasin. U hammasini biladigan Xudodir, U odamlarning xatti–harakatini hukm qiladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →