NUR
1 Shohlar 14
1O‘sha kuni Shoulning o‘g‘li Yo‘natan yoshgina qurolbardoriga: — Yur, narigi tomondagi Filistlarning qo‘nolg‘asi turgan joyga o‘tamiz, — dedi. Ammo bu haqda otasiga hech narsa aytmadi.
2Shoul Givo shahri yaqinidagi Migronda bir anor daraxti tagida o‘tirar, yonida olti yuztacha odamdan iborat lashkari bor edi.
3Efod ko‘tarib yurgan ruhoniy Oxiyo ham o‘sha yerda edi. Oxiyoning otasi — Oxitob, Oxitobning akasi — Ixabod edi. Ixabod — Finxazning o‘g‘li, Finxaz esa Shilo‘da Egamizning ruhoniysi bo‘lib xizmat qilgan Elaxning o‘g‘li edi. Odamlar Yo‘natanning ketganini sezmay qolgan edilar.