NUR

3 Shohlar 13

1Yeribom qurbongohning yonida qurbonlik kuydirmoqchi bo‘lib turgan paytda, bir payg‘ambar, Egamizning amriga ko‘ra, Yahudodan Baytilga keldi.

2Payg‘ambar Egamizning amri bilan qurbongohga nido qildi: — Qurbongoh, ey, qurbongoh! Egamiz shunday aytur: “Dovud xonadonida bir o‘g‘il farzand dunyoga kelar, Uning ismi Yo‘shiyo bo‘lur. Sajdagohlarda qurbonlik kuydiradigan ruhoniylarni sening ustingda qurbon qilur. Sening ustingda inson suyaklarini yoqar.”

3Payg‘ambar o‘sha kuniyoq buning alomati to‘g‘risida aytdi: — Egamiz aytgan alomat quyidagicha bo‘ladi: Qurbongoh yorilib ketar, ustidagi kul to‘kilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →