NUR

3 Shohlar 1

1Shoh Dovud ancha keksaydi. Uni ko‘rpa–to‘shaklar bilan o‘rab tashlashsa ham, hech isimas edi.

2Shunda a’yonlari Dovudga aytishdi: — Hazrati oliylari uchun yosh, bokira qiz qidirib topsak. O‘sha qiz shohimiz oldida bo‘lsin, parvarish qilsin, shohimizning quchog‘ida yotsin. Ana shunda shoh hazratlari isiydilar.

3Shunday qilib, butun Isroil hududi bo‘ylab chiroyli, bo‘yi yetgan qizni qidirdilar. Nihoyat, Shunamlik Obisha ismli qizni topib, shoh huzuriga olib kelishdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →