NUR

1 Solnomalar 28

1Dovud Isroildagi hamma a’yonlarni — qabila yo‘lboshchilarini, shohga xizmat qiladigan harbiy qismlar sardorlarini, mingboshilarni, yuzboshilarni, shoh va shahzodalar mulkini va podalarini boshqaruvchilarni, saroy a’yonlarini, bahodir pahlavonlarni va boshqa hamma jangchilarni Quddusda to‘pladi.

2Shoh Dovud ularning oldida turib, gapirdi: “Birodarlarim, xalqim, gapimni eshitinglar! Men Xudoning oyoq kursisi bo‘lmish Egamizning ahd sandig‘i uchun bir oromgoh qurmoqchi edim. Qurilish uchun hamma tayyorgarlikni ham ko‘rib qo‘ygan edim.

3Lekin Xudo: — Menga atab uyni sen qurmaysan, sen jang qilib, ko‘p qon to‘kding, — dedi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →