NUR

1 Solnomalar 21

1Iblis Isroilga qarshi qo‘zg‘alib, Dovudni Isroil xalqini sanab chiqishga undadi.

2Dovud Yo‘abga va lashkarboshilarga shunday buyruq berdi: — Boringlar, Bershevadan Dangacha bo‘lgan joylarni kezib, Isroil xalqini sanab chiqinglar. Menga natijasini olib kelinglar, toki qancha aholi borligini men bilayin.

3Lekin Yo‘ab shunday dedi: — Egam xalqning hozirgi sonini yuz karra ko‘paytirsin! Ey shoh hazratlari, bu xalqning hammasi sizning qullaringiz emasmi?! Nechun hazratim xalqni sanashga ehtiyoj sezib qoldilar?! Nechun Isroilga gunoh orttirmoqchilar?!

Nur ilovasida to'liq o'qish →