NUR
Zafaniyo 3
1Bulg‘angan, buzuq shaharning holiga voy! Zolimlarga to‘lib ketgan shaharning holiga voy!
2U hech kimning gapiga quloq solmaydi, O‘ziga hech qanday saboq olmaydi. O‘z Xudosi tomon yuz burmaydi, Umidini Egamizga bog‘lamaydi.
3Shahar a’yonlari o‘kirayotgan sherlarga o‘xshaydi. Hakamlari ham kechasi och qolgan bo‘rilarga o‘xshab, Ertalabgacha o‘ljasidan hech narsa qoldirmaydi.