NUR
Zakariyo 9
1Bashorat. Egamizning so‘zi Xadrax yurtiga qarshidir. Damashq shahriga qaratilgandir. Barcha Isroil qabilalarining hamda insoniyatning ko‘zlari Egamizdadir.
2Xadraxga chegaradosh bo‘lgan Xomat ham, Donolarga to‘la bo‘lgan Tir va Sidon ham Egamizga ko‘z tikkan.
3Tir shahri o‘ziga qal’a qurib olgan, Shunchalik ko‘p kumush va oltin yiqqanki, Ular ko‘chadagi chang va loydaydir.