NUR

Zakariyo 12

1Bashorat. Egamizning Isroil haqida aytgan gaplari. Zamin poydevorini qo‘ygan, falaklarni yoygan, insonga jon ato qilgan Egamiz shunday demoqda:

2“Qarab turinglar, Men Quddusni sharob qadahiday qilib qo‘yaman. U o‘zining atrofidagi xalqlarni gandiraklatadigan bo‘ladi. Quddusni qamalga olishganda, Yahudo yurtining qolgan boshqa joylari ham qamalda qoladi.

3O‘sha kuni Men Quddusni boshqa xalqlar uchun og‘ir toshday qilib qo‘yaman. Uni ko‘targanlarning hammasi o‘zlariga zarar keltiradilar. Butun yer yuzidagi xalqlar unga qarshi chiqish uchun birlashadilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →