NUR
Qo'shiqlar qo'shig'i 5
1Ey jonim, kelinchagim, bog‘imga kelib, Mirra va ziravorlarimni to‘playman. Asalari mumini hamda asalimni yeyman, Sut va sharobimni ichaman. To‘yguningcha yegin, sevgilim, Sevgidan ichib, qoniqqin.
2Uxladim, lekin yuragim uyg‘oq edi. Ana, sevgilim chaqirmoqda: “Ochgin eshigingni, jonim, sevgilim, Kabutarim, komilim. Boshim ho‘ldir shudringdan, Sochlarim esa tun shabnamidan.”
3Kiyimlarimni yechib qo‘yganman, Qanday qilib yana kiyaman?! Oyoqlarim yuvilgan, Ularni kir qilaymi?!