NUR

Rut 4

1Bo‘az shahar darvozasiga chiqib, o‘tirdi. O‘sha payt Bo‘az aytgan yaqin qarindoshi yonginasidan o‘tib qoldi. Bo‘az uning ismini aytib chaqirib: — Bu yoqqa keling, o‘tiring, birodarim, — dedi. Qarindoshi yaqin kelib o‘tirdi.

2Bo‘az shahar oqsoqollaridan o‘n kishini guvohlikka chaqirib: — Shu yerda o‘tiringlar! — dedi. Ular kelib o‘tirishdi.

3Bo‘az qarindoshiga dedi: — Mo‘ab yurtidan qaytib kelgan Naima bor–ku, u Elimalek akamizning dalasini sotmoqchi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →