NUR
Rimliklarga 7
1Ey birodarlar, axir sizlar bilasizlar–ku, (men qonunni biladiganlarga aytyapman), qonun faqat tirik insonning ustidan hukmronlik qiladi.
2Masalan, erli xotinning eri tirik ekan, qonun bo‘yicha u eriga bog‘liq. Ammo eri o‘lsa, u nikohdan ozod bo‘ladi.
3Shuning uchun hali eri tirik bo‘lgan xotin boshqa erga tegsa, u zinokor, deb hisoblanadi. Ammo eri o‘lsa, xotin o‘sha qonundan ozod bo‘ladi va boshqa erga tegsa ham, zino qilgan hisoblanmaydi.