NUR
Rimliklarga 6
1Xo‘sh, nima deylik? Inoyat ko‘payaversin, deb gunoh qilishda davom etaveramizmi?
2Yo‘q, aslo! Biz gunoh uchun o‘lganmiz. Endi qanday qilib gunoh qilib yashayveramiz?
3Unutmanglar, cho‘mdirilish orqali biz — Masihga tegishli bo‘lganlar, Uning o‘limiga sherik bo‘ldik!