NUR
Rimliklarga 4
1Xo‘sh, biz bobokalonimiz Ibrohim haqida nima deymiz? Ibrohim qanday qilib inoyat topdi?
2Agar Ibrohim savob ishlari tufayli oqlanganda edi, uning maqtanishga haqqi bo‘lardi, ammo Xudoning oldida hech kim maqtana olmaydi.
3Axir, Muqaddas Bitiklarda nima deb yozilgan? “Ibrohim Xudoga ishondi, Xudo uni ishonchi uchun, solih, deb bildi.”