NUR

Vahiy 9

1Beshinchi farishta karnayini chaldi. Shunda men osmondan yerga tushgan bir yulduzni ko‘rdim. Unga jahannam qa’rining kaliti berilgan edi.

2U jahannam qa’rini ochdi. Ulkan o‘choqdan chiqayotganday, jahannam qa’ridan tutun burqirab chiqdi. Bu tutundan quyosh va havo qorong‘ilashib ketdi.

3Tutundan chigirtkalar chiqib, yer yuziga tarqaldi. Ularga yerdagi chayonlarning kuchiga o‘xshash bir kuch berilgan edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →