NUR
Vahiy 5
1Men taxtda o‘tirgan Zotning o‘ng qo‘lida bir o‘rama qog‘ozni ko‘rdim. O‘ramning oldi va orqa tomonlarida yozuvlari bor bo‘lib, u yettita muhr bilan muhrlangan edi.
2So‘ng men kuchli bir farishtani ko‘rdim. U baland ovozda: “Muhrlarni yechishga, o‘ramni ochishga kim loyiq?”, deb so‘radi.
3Biroq na osmonda, na yer yuzida, na yer ostidagi olamda o‘ramni ocha oladigan yoki ichiga nazar sola oladigan biron kimsa bor edi.