NUR

Vahiy 21

1Shundan keyin men yangi bir osmon va yangi bir yerni ko‘rdim. Avvalgi yeru osmon g‘oyib bo‘lgan edi, dengiz ham endi yo‘q edi.

2Men muqaddas shahar — yangi Quddusni ko‘rdim. Quddus osmondan, Xudo huzuridan tushib kelayotgan edi. U kuyovi uchun bezanib olgan kelinchakka o‘xshar edi.

3Men taxtdan baland bir ovoz kelganini eshitdim. O‘sha ovoz dedi: “Xudoning maskani insonlar orasidadir! U endi odamlar orasida yashaydi, Ular Xudoning xalqi bo‘ladilar. Xudoning O‘zi ular bilan birga bo‘ladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →