NUR
Vahiy 20
1Men osmondan tushayotgan bir farishtani ko‘rdim. Uning qo‘lida tubsiz chuqurlikning kaliti va katta zanjir bor edi.
2Farishta ajdahoni tutib oldi. Iblis va shayton deb atalgan bu qadimgi ilonni u ming yil muddatga kishanlab qo‘ydi.
3Yana xalqlarni aldamasin deb, uni tubsiz chuqurlikka tashlab, qamab qo‘ydi. Ming yil tamom bo‘lgunga qadar kiraverishni muhrladi. Ming yil o‘tgandan keyin uni qisqa bir muddatga ozod qilishi kerak edi.