NUR
Vahiy 12
1Osmonda ajoyib bir alomat ro‘y berdi: quyoshga burkangan bir ayol paydo bo‘ldi. Uning oyoqlari ostida oy va boshida o‘n ikki yulduzli toj bor edi.
2Ayol homilador bo‘lib, uni to‘lg‘oq tutar, dard bilan baqirar edi.
3So‘ngra osmonda boshqa bir alomat ko‘rindi: yetti boshli, o‘nta shoxli ulkan qizil ajdaho paydo bo‘ldi. Uning har bir boshida bittadan toji bor edi.