NUR
Vahiy 11
1Menga o‘lchash uchun bir qamish berildi, so‘ng shunday deb aytildi: “Bor, Xudoning Ma’badini va qurbongohni o‘lchab chiq. U yerda sajda qiluvchilarni sanagin.
2Ma’badning tashqi hovlisini esa qoldir, uni o‘lchama. Chunki u yer butparastlarga berilgan. Ular muqaddas shaharni qirq ikki oy oyoq osti qiladilar.
3Men ikki shohidimga qudrat beraman. Ular egnilariga qanor kiyib, 1260 kun davomida va’z qiladilar.