NUR
Zabur 97
Sano.
1Yangi bir qo‘shiq ayting Egamizga! Axir, U ajoyib ishlar qildi. O‘zining o‘ng qo‘li, muqaddas bilagi bilan zafar qozondi.
2Egamiz zafarining dong‘ini taratdi, Xalqlarga najotini namoyon qildi.
3Isroil xalqiga bo‘lgan sevgisiyu sadoqatini yodida tutdi. Yerning to‘rt tomoni Egamiz bergan najotni ko‘rdi.