NUR
Zabur 74
Ijrochilar rahbariga. “Xarob etma” kuyiga aytilgan. Osifning sanosi. Qo‘shiq.
1Ey Xudo, Senga shukrlar aytamiz, Shukrlar aytamiz, Sen bizga yaqinsan, Mo‘jizalaring haqida odamlar gapiradi.
2Xudo aytar: “Belgilangan vaqtni tanlayman, Haqqoniylik bilan hukm qilaman.
3Zamin va undagi insonlar titragan paytda Zamin ustunlarini mahkam ushlagan Menman.”