NUR
Zabur 71
Sulaymon sanosi.
1Ey Xudo, shohga adolatingni bergin, Shoh o‘g‘liga to‘g‘ri hukm chiqarishni o‘rgatgin.
2Sening xalqingni u adolat ila hukm etsin, Bechoralarni u to‘g‘rilik bilan hukm etsin.
3Tog‘lar xalqqa rohat–farog‘at olib kelsin, Tepaliklar haqiqat samarasini keltirsin.