NUR
Zabur 69
Ijrochilar rahbariga. Bizni Egamizning yodiga solish uchun aytilgan. Dovud sanosi.
1Ey Xudo, najot ber menga, Kelgin tezda, ey Egam, madad ber menga.
2Jonimga qasd qilganlar sharmanda bo‘lsin, Niyatlari barbod bo‘lsin. Halokatimni istaganlar uyatda qolsin, Sharmandayu sharmisor bo‘lsin.
3“Holing qalay endi?!” deb meni masxaralaganlar Sharmanda bo‘lib, orqaga qaytsin.