NUR
Zabur 62
Yahudo cho‘lida bo‘lganda, Dovudning aytgan sanosi.
1Ey Xudo, mening Xudoyimsan, intilaman Senga, Quruq, toliqqan suvsiz tuproqday Jonim tashnadir Senga, Vujudim orzumanddir Senga.
2Muqaddas maskaningda Senga nigoh tashladim, Qudratingni, shuhratingni ko‘rdim.
3Hayotdan afzal Sening sevging, Tilimdan tushmas Sening olqishing.